Duplet savol. Har biri 30 soniyalik muhokamadan iborat ikkita savol, dupletning ikkala javobi ham bir xil boshlanuvchi ikki oʻzakli soʻzlardir. 1. Pyotr Vayl Kipling asarlari Angliyalik kitobxonlarni olis oʻlkalarga chorlaganini yozadi, Redyard ijodini esa SHUNDAY deb ataydi. Qanday SHUNDAY? 2. Pyotr Vayl Konan Doyl asarlari butun dunyoga Londonning jozibasini koʻrsatgan deb hisoblaydi, Artur ijodini esa SHUNDAY deb ataydi? Qanday SHUNDAY?