Duplet. Har biri 30 soniyadan muhokama qilinadigan ikkita savol. Javoblar birinchi savol oʻqilgandan keyin kamida bir daqiqa oʻtgach bitta blankada topshiriladi. 1. Bir versiyaga koʻra, tarqatma materialda tasvirlangan toshning nomi irland tilidan tarjima qilinganda «unumdorlik toshi» degan maʼnoni anglatadi. Ushbu qisqa nomni yozing. 2. Yekaterinburg ilmiy-fantastik adabiyot festivalining eng yaxshi debyut roman uchun beriladigan mukofoti «Kalit» deb ataladi. Oldingi jumlada biz qaysi soʻzni almashtirdik?