Diqqat, duplet savol. (Har bir savolga 30 soniyadan muhokama vaqti beriladi, ikkala savolning javobi bitta blankada topshiriladi). 1. Oddiy avdotka koʻpincha shilliq qurt chigʻanogʻini toshga urib sindiradi, soʻngra shilliq qurt ustida sezilarli balandlikka koʻtarilib, oʻljaga keskin hujum qiladi. Bunday gʻayritabiiy xatti-harakat avdotkada U borligi bilan bogʻliq. UNI ayting. 2. Leypsig jangi avjiga chiqqan paytda avstriyalik general Maksimilian fon Merfeld oʻzining aql bovar qilmaydigan jasorati bilan ishtirokchilarni hayratda qoldirdi va yolgʻiz oʻzi Polsha-Fransiya boʻlinmalari tomon ot surdi. Jasur general oʻqqa tutildi, yaralandi va asirga olindi. Uning bu harakatiga U sabab boʻlgan. UNI ayting.