Duplet. Har biriga 30 soniyadan muhokama vaqti berilgan ikkita savol, javoblar bitta blankda topshiriladi. 1. Qadimgi Misr koʻngilochar oʻyini «senet» nomi «oʻtish» deb tarjima qilinadi. Qoidalarning oʻxshashligi sababli, baʼzi manbalar firʼavnlar ham SHUNDAY QILGANINI taʼkidlaydilar. Biz qaysi uchta soʻzni SHUNDAY QILISH soʻzlari bilan almashtirdik? 2. Dizayner Lars Beller maʼlum vaqt oʻtgach oʻzi SHUNDAY QILADIGAN buyum yaratdi. Uning qismlari orasida qopqoqcha va mumga sanchiladigan igna bor. Biz qaysi ikki soʻzni SHUNDAY QILISH soʻzlari bilan almashtirdik?