Duplet: har biri 30 soniyadan muhokama qilinadigan ikkita savol, javoblar bitta blankada topshiriladi. 1) Fogorn Legorn — multfilmlarning baland ovozli va kekkaygan qahramoni boʻlib, u qanotli iboralarni stereotipik janubliklardan oʻzlashtirgan. Bir tavsifga koʻra, Fogornda SHUNDAY U bor. Beshta bir xil undosh harf qatnashgan qaysi soʻz birikmasi «SHUNDAY U» soʻzlari bilan almashtirilgan? 2) «Griffins» multserialida Fogorn Legorn UNGA murakkab hidga mahliyo boʻlib kirganini aytadi. Javobiga U Fogornning boshini chopib tashlaydi. UNI ayting.