gotquestions.online

Diqqat, savol-duplet: har biriga 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikkita savol. Oʻyin ochkosi ikkala savolga ham toʻgʻri javob bergan jamoaga hisoblanadi. Internetda mashhur asarlar nomlari filmlardan kadrlar bilan tasvirlangan kollajlar keng tarqalgan. Masalan, «Elektronikning yangi sarguzashtlari» muqovasi «Terminator» filmidan kadr, «Titanik»dan kadr esa Maksim Gorkiyning «Tubanlikda» asarini bezagan va hokazo. 1-savol. Qaysi mashhur sheʼriy asarni «Qizil issiq» filmidagi Arnold Shvarsenegger qahramonining surati bezab turibdi? 2-savol. Rus klassikasining qaysi dramatik asari Elayja Vudning Frodo Beggins rolidagi surati bilan tasvirlangan?

Manba