Duplet. Har biri 30 soniyadan muhokama qilinadigan ikkita savol. Javoblar bitta blankada topshiriladi. 1. Qadimgi rimliklar koʻpincha yuzlari jangovar koʻk rangga boʻyalgan raqiblar bilan urushishgan. Tarixchining soʻzlariga koʻra, rimliklar koʻk rangni yoqtirishmagan va uni SHUNDAY deb atashgan. Biz qaysi soʻzni SHUNDAY soʻzi bilan almashtirdik? 2. Tarixchi yozishicha, Bibliyani lotin tiliga tarjima qilishda «boy» soʻzi oʻrniga BUNDAY soʻzini ishlatishgan. Biz qaysi soʻzni BUNDAY soʻzi bilan almashtirdik?