Duplet. Har bir savol uchun 30 soniya muhokama. 1. Bir qoʻshiqqa ishlangan klip yosh bolaning kameraga vahimali qarab turgan sahnasi bilan boshlanadi. Qoʻshiq matnida devordagi yozuv tilga olingan. Ushbu qoʻshiq nomini toʻrt harfli inglizcha soʻz bilan yozing. 2. Baʼzi tarixchilarning fikricha, mashhur bir qilmish UNGA gʻanimlari tomonidan tuhmat qilib yopishtirilgan, chunki U miloddan avvalgi 4-yilda vafot etgan deb hisoblanadi. Uning ismini yozing.