Duplet, har bir savolga 30 soniyadan muhokama, javoblar bitta blankda topshiriladi: 1. Ma’lumki, M. I. Kutuzov Alushta yaqinidagi Shumi qishlog‘idagi jangda SHUNDAY QILGAN, Gannibal Kluziy botqog‘idan o‘tayotganda SHUNDAY QILGAN, «Karib dengizi qaroqchilari» filmining ikkinchi darajali qahramonlaridan biri esa buni bir necha bor so‘zning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosida QILGAN. Biz «SHUNDAY QILISH» so‘zlari bilan nimani almashtirdik? 2. Faina Ranevskaya bir safar shunday degan edi: «Ayollar, albatta, aqlliroq. Siz hech erkakning oyoqlari chiroyli bo‘lgani uchungina SHUNDAY QILGAN ayolni eshitganmisiz?». 1989-yilda Kanadaning «Buffalo Seybrz» xokkey jamoasi darvozaboni Klint Malarchuk raqib jamoa hujumchisidan tanasining himoyalanmagan qismiga konki zarbasini qabul qilib, so‘zning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosida deyarli SHUNDAY QILISHIGA oz qolgan. Biz «SHUNDAY QILISH» so‘zlari bilan nimani almashtirdik?