Diqqat, blits. Har biri 30 (oʻttiz) soniyalik muhokamadan iborat uchta savol, blits savollariga javoblar bitta javob kartochkasida topshiriladi. Blits savollarini Merilin Monro va Bridjit Bardo berishadi. 1. Robert de Nironing "Sxvatka" filmida aytgan "Bizga sizning pulingiz emas, faqat bankning puli kerak" degan iborasini oʻsha rejissyorning keyingi filmida ham eshitish mumkin. Ushbu iborani aytgan aktyorning ISMI va FAMILIYASINI ayting. 2. "Bir kishining urushi" — 1982-yildagi filmning shiori shunday. Ushbu filmda bosh rolni ijro etgan aktyorning ISMI va FAMILIYASINI ayting. 3. 90-yillar boshidagi ushbu film ssenariysi aktyor Stiv Makkuin va xonanda Dayana Rossga moʻljallab yozilgan edi. Ushbu filmda bosh erkak rolini ijro etgan aktyorning ISMI va FAMILIYASINI ayting.
1. Jonni Depp. 2. Silvester Stallone. 3. Kevin Kostner.