Duplet. Har biriga 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikkita savol. 1. Bir safar Uinston Cherchill bir faylasuf bilan uchrashmoqchi boʻladi, lekin xatolik yuz beradi. Natijada, Cherchill mehmondan eng muhim yutugʻini soʻraganda, u «„White Christmas“» deb javob berganidan hayron qoladi. Tilga olingan faylasufning ismini yozing. 2. 19-asr boshlarida bir faylasuf ingliz tiliga «to minimize» va «to maximize» feʼllarini kiritgan. Ushbu faylasufning ismini yozing.