Duplet (har biri 30 soniyalik muhokama bilan ikki savol, javoblar bitta blankda topshiriladi): 1) «Yulduzli yoʻl: Birinchi kontakt» filmida kapitan Pikard Borg irqi tomonidan assimilyatsiya qilinishi haqidagi ULARNI tilga oladi. «Yulduzli yoʻl: Voyager» serialining epizodlaridan birida esa aqlli gologramma Doktor dekompilyatsiya haqidagi ULARNI eslatadi. ULARNI bir soʻz bilan ayting. 2) «Yulduzli yoʻl: Keyingi avlod» serialining epizodlaridan birida qahramonlar 19-asr oxiriga tushib qolishadi va oʻz parvozlari davomida qandaydir osmon jismini koʻrgan-koʻrmaganliklari bilan qiziqqan mashhur insonni uchratishadi. Ushbu osmon jismini ayting.