Duplet. Har biri 30 soniyadan muhokama qilinadigan ikkita savol. 1) Rim fars tomoshalari qahramoni Makkus ochofat boʻlgan. Bir taxminga koʻra, ULARNING nomi aynan “Makkus” ismidan kelib chiqqan. ULARNI bir soʻz bilan ayting. 2) Makkus odatda inson tanasi, eshak quloqlari va bukri bilan tasvirlangan. Jorjo Agamben yozishicha, “Makkus” ismidan bilvosita maʼlum bir termin kelib chiqqan. Ushbu terminni yozing.