Duplet. Har biriga 30 soniyadan ikkita savol. Ikkala javob bitta blankada topshiriladi, savol faqat ikkala javob to‘g‘ri bo‘lsa hisoblanadi. 1) 1847-yilda qattiq iqlimli Yutaga joylashgan mormonlar keyingi yiliyoq hosillaridan deyarli ayrilishdi. Ularni chaykalar qutqarib qoldi. Mormonlar bu ofatni nima bilan qiyoslashganini ikki so‘z bilan ayting? 2) 1847-yilda cho‘l bo‘lgan Yutaga joylashgan mormonlar bir necha yildan keyin deyarli halok bo‘lishdi. Ularni bedanalar qutqarib qoldi. Mormonlar bedanalarni nima bilan qiyoslashganini ikki so‘z bilan ayting?