Tropik mamlakatda javonda uch jildli lug‘at turibdi. Har bir jildning qalinligi — 3 sm. Kitobxo‘r termit birinchi jildning birinchi sahifasidan uchinchi jildning eng oxirgi sahifasigacha yo‘l kemiradi. Zararkunanda hayvon maqsadiga erishishi uchun minimal qancha masofani bosib o‘tishi kerak? Kitoblar tartib bilan turibdi, teskari emas, muqova qalinligi hisobga olinmaydi.