gotquestions.online

Ushbu oʻnlikni katta farq bilan Vatikan boshqarib turibdi. Unda Yevropaning mitti davlatlari — Monako (3-oʻrin), San-Marino (6-oʻrin), Lixtenshteyn va Lyuksemburg (mos ravishda 8 va 10-oʻrinlar) joy olgani mantiqan toʻgʻri koʻrinadi. Shuningdek, u yerga Shvetsiya (7-oʻrin) va Norvegiya (4-oʻrin) kirgani ham tushunarli, ammo kichik arab davlatlarining yoʻqligi hayratlanarli. Beshinchi oʻrinda esa mamlakat emas, balki Pitkern oroli (Tinch okeanidagi Britaniya mulki) joylashgan. Oʻtgan asrning oxirgi uchdan bir qismida jiddiy mojaro maydoniga aylangan ikkinchi oʻrin sohibini ayting.

Manba