Markaziy Osiyo ko‘chmanchilarining asosiy quroli kamon va o‘q bo‘lgan. Asrlar davomida turli nishonlar uchun turli xil o‘q uchlari o‘ylab topilgan. Masalan, 3 yoki 4 qirrali piramida shaklidagi o‘q uchi og‘ir zirhli jangchilar uchun mo‘ljallangan edi. Yassi o‘q uchi esa yengilroq zirhli jangchilar uchun edi. Hurmatli bilimdonlar, iloji boricha aniq javob bering: uchi to‘mtoq, konus shaklidagi o‘q uchi kimlar uchun mo‘ljallangan edi?