Kambagʻal talabaning bir tiyini ham yoʻq, navbatdagi stipendiyagacha hali ancha bor. Lekin uning karavoti ostida boʻsh qatiq (kefir) shishalari turibdi. Boʻsh shishani 1 rublga topshirish mumkin, bir shisha qatiqni esa 3 rublga sotib olish mumkin. Boʻsh shishalarni topshirib va ularga qatiq sotib olib, talaba kuniga 3 shishadan ichishi va 20 kun davomida qatiq bilan kun koʻrishi mumkin. Buning uchun unda dastlab kamida nechta boʻsh shisha boʻlishi kerak?