2003-yil yozida ekranlarga "Aygʻoqchilarning bolalari" filmining uchinchi qismi chiqdi. Bu safar yosh superagentlar yangi topshiriqni bajarish uchun uch oʻlchamli videooʻyinning virtual olamiga tushib qolishadi. Kino haqida yozadigan koʻplab nashrlarda bu film "Aygʻoqchilarning bolalari-3: oʻyin tugadi" deb nomlandi. Jurnalistlar yo bilmasdan, yo ataylab uning nomidagi bitta harfni tushirib qoldirishgan, natijada muallif gʻoyasining nafisligidan asar ham qolmagan. Oʻsha harfni yozing.