Blits. Har biriga 20 soniyadan 3 ta savol. Yaqinda matematiklar x3+y3+z3 = k tenglamasining k = 33 boʻlgandagi butun sonli yechimini topishdi. 1-savol: x3+y3+z3 = 12 tenglamasini butun sonlarda yeching. 2-savol: x3+y3+z3 = 19 tenglamasini butun sonlarda yeching. 3-savol: Oldingi ikki savolga toʻgʻri javob berganingiz muhim emas. Asosiysi, 100 dan oshmaydigan qaysi natural k soni uchun x3+y3+z3 = k tenglamasi hali ham yechilmagan?
1) har qanday javob 2) har qanday javob 3) 42. (Dastlabki ikki javob ixtiyoriy boʻlishi mumkin, 42 uchun ochko beriladi).