Blits. Har biriga 20 soniyadan muhokama vaqti beriladigan 3 ta savol. 1. Bir versiyaga ko'ra, U to'siqli kichik qal'a o'rnida paydo bo'lgan. Biz 4 ta harfini tushirib qoldirgan so'zni asl holida tiklang. 2. Bir versiyaga ko'ra, «U» – dotrakiylik ismi bilan biologik turni birlashtiruvchi so'z-hamyon. Biz 4 ta harfini tushirib qoldirgan so'zni asl holida tiklang. 3. «U» sindarin tilidan «toshloq o'lka» deb tarjima qilinadi. Biz 4 ta harfini tushirib qoldirgan so'zni asl holida tiklang.