Influenser deb obunachilariga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan blogerga aytiladi. Diqqat: blits, har biri 20 soniyalik muhokamadan iborat 3 ta savol. 1. Investitsiya boʻyicha maslahat beradigan blogerlarni anglatuvchi neologizm sizga berilgan soʻzdan bir harfga uzunroq. Uni asl holatida yozing. 2. Parvarish kosmetikasi haqida soʻzlab beradigan blogerlarni anglatuvchi neologizm sizga berilgan soʻzdan ikki harfga uzunroq. Uni asl holatida yozing. 3. Turli mavzularda oʻz mulohazalari bilan boʻlishadigan blogerlarni anglatuvchi neologizm sizga berilgan soʻzdan uch harfga uzunroq. Uni asl holatida yozing.