Sahnada uchta qiziqchi turibdi. Birining koʻylagida 3, ikkinchisida 1, uchinchisida esa 6 raqami bor. Ular sahnada qanday joylashishlari kerakki, kiyimlaridagi raqamlar 7 ga qoldiqsiz boʻlinadigan sonni hosil qilsin?
6 raqami bor qiziqchi chap tomonda, lekin boshi bilan pastga qarab turishi kerak! Markazda — 3 raqamli qiziqchi, oʻngda — 1 raqamli qiziqchi. Shunda 7 ga boʻlinadigan 931 soni hosil boʻladi.