2018-yilda “Kunsht” ilmiy-ommabop jurnali “Ayollar ishi” futbolkalar seriyasini taqdim etdi. Futbolkalardagi printda maʼlum bir mashhur tadqiqotchi ayolning tasviri, ismi va uning eng mashhur yutugʻi ustidan hazil qilingan qisqa ibora yozilgan. Blits. 1. Mariya Sklodovskaya-Kyuriga bagʻishlangan futbolkadagi “Sen mening... ichimdasan” yozuvini bir soʻz bilan yakunlang. 2. Rozalind Franklinning futbolkasidagi “Men shundayman — chunki...” yozuvini qisqa soʻz bilan yakunlang. 3. Amerikalik muhandis va informatika sohasidagi olima Margaret Hamilton futbolkasida “Iyul goʻzali” deb yozilgan. Biz avvalgi gapda qaysi ikki soʻzni almashtirdik?