Amsterdam. 1945-yil 29-may. Xan van Megeernning uyiga Amerika razvedkasi va Gollandiya harbiy politsiyasi ofitserlari kirib, uni hibsga olish haqida buyruq koʻrsatishadi. U Germaniya bosqinchilariga yordam berishda, yaʼni Geringga Vermeyerning "Masih va gunohkor ayol" asarini sotib, Gollandiya milliy boyligiga zarar yetkazishda ayblanadi. Sotqinni katta muammolar kutayotgan edi, biroq Xan van Megeern faqat bir yillik qamoq bilan qutulib qoladi. U bunga qanday erishgan?
U soʻroq paytida rasmni oʻzi qalbakilashtirganini tan olgan. Rentgen tahlili uning koʻrsatmalarini tasdiqlagan.