Matto bayon etgan Injilda Iso Masihning shajarasi keltirilgan boʻlib, u Shoh Dovuddan hisoblaganda 28 avlodni tashkil etadi. Luqo bayon etgan Injilda esa Shoh Dovuddan Masihgacha 42 avlod oʻtgani yozilgan. Shunga qaramay, har ikki muallif oʻzicha haq. Bu tafovutni qanday tushuntirasiz?
Matto Isoning shajarasini Yusuf orqali, Luqo esa Mariyam orqali hisoblaydi.