Oʻtgan yilning 28-dekabrida butun Shimoliy Amerika kutish holatida edi. U qaytishi kerak edi. Uning shuhrati shunday yuksaklikka erishgan ediki, uning sharafiga, xuddi "Bitlz" guruhi aʼzolari kabi, hayotligida koʻchaga nom berilgan. Odamlar uni koʻrish uchun 1000 dollardan ortiq pul toʻlashga tayyor edilar. Shunga qaramay, uning maoshi oʻz kasbi egalari oʻlchoviga koʻra oʻrtacha — yiliga bir yarim million dollar atrofida. Ammo U nolimaydi — axir hamkasblaridan farqli oʻlaroq, u oʻz maoshini... U boshqa hamkasblaridan nima bilan farq qiladi?