Nemo nuqtasi yoki Okean yetib bo'lmaslik qutbi — okeandagi quruqlikdan eng uzoq bo'lgan joydir. Yer yuzidagi eng yaqin aholi punkti Nemo nuqtasidan 2700 kilometr uzoqlikda joylashgan, kema yo'llari esa bu hududdan ancha uzoqdan o'tadi. BBC jurnalistlarining ta'kidlashicha, odatda Nemo nuqtasiga ushbu kasb egalari eng yaqin bo'lishadi. Qaysi kasb?