Diqqat, savoldagi U va UNGA soʻzlari oʻrin almashgan. Niderlandiyaning gʻarbida yashagan Frans Xals haqidagi bir maqolada, rassomning ijodi koʻproq golland rangtasvirining oltin davriga tegishli boʻlsa-da, uni UNING vakili deb atashgan. Van Gog bir safar Frans Xalsda qora rangning 27 xil tovlanishi borligini aytgan edi. Boshqa bir UNGA esa "Qora rangdagi rapsodiyalar" kitobi bagʻishlangan. UNI ikki soʻz bilan ayting.