Hurmatli bilimdonlar! Adabiyot va kino haqidagi savollar hali joningizga tegmadimi? Shunday qilib, ushbu savol mutlaqo boshqa manba asosida yozilgan. Bu odam ko‘zoynak taqadi, zamonaviy soqol qo‘ygan, baquvvat gavdali, zararli odatlari yo‘q. U 27 yoshda va hayotining yarmini fanga bag‘ishlagan. U Massachusets texnologiya institutini tamomlagan, dissertatsiyasi esa "O‘ta og‘ir elementlardan iborat kristall orqali o‘tuvchi radioimpuls yordamida katta ob’ektlarni qanday teleportatsiya qilish kerak" deb nomlangan. U bosh qahramon bo‘lgan asarni ayting.