gotquestions.online

Emmanuil Lasker 27 yil davomida jahon chempioni boʻlgan va insonning xarakteri hamda qobiliyatini oʻyin uslubiga qarab aniqlay olaman deb hisoblagan. Bir safar Moskvada uning oldiga bir ayol kelib, qandaydir eski partiya yozilgan sargʻaygan qogʻozni koʻrsatadi. Lasker: "Qarindoshingiz oʻta oʻjar, yomon psixolog, buning ustiga ancha kaltafahm va yumor hissidan mahrum ekan. Qoʻrqamanki, undan hech narsa chiqmaydi", deydi. "Lekin bu axir sizning oʻz partiyangiz-ku!" — deb kulib yuboradi ayol. Lasker iljayib, bir necha soniya oʻylanib qoladi va shunday tushuntirish beradi: "Hammasi toʻgʻri. Mana ...". Uning jumlasini yakunlang.

Manba