Angliya terma jamoasi sardori Devid Bekxem hozirda 27 yillik qiyin hayot yoʻli haqida kitob yozmoqda. "Tayms" gazetasining maʼlumotlariga koʻra, tumanli Albion kumiri oʻz avtobiografiyasini nashr etish boʻyicha shartnoma imzolagan. Charm toʻp ustasining iqrorlari 3 million 50 ming dollarga baholangan. Summaning yaxlit emasligi oddiy tushuntiriladi: Bekxem 50 mingni ... nimaga sarflamoqchi?
Ushbu kitobni yozib beradigan odamning xizmat haqi uchun.