Hayotda qiziqarli tasodiflar boʻladi. Bu ikki kishi 27-iyulda tugʻilgan: birinchisi — 1911-yilda, ikkinchisi — 1915-yilda. Ularning familiyalari bir xil harf bilan boshlanadi. Ikkinchi kishi tomonidan 1947-yilda kinoda gavdalantirilgan mashhur obraz koʻp jihatdan birinchisidan koʻchirib olingan. Birinchi va ikkinchi kishining familiyalarini ayting.