Oʻtgan yili ommalashgan tovar tadbirkor savdogarlarga yaxshigina daromad keltirdi. Masalan, Yaponiyada kichiklari (diametri 26 santimetr) 110 dollar turardi. Oʻrtacha diametrlilari 1500 dollardan sotildi. Eng kattasi (90 santimetr) esa 4000 AQSH dollaridan qimmatga tushardi. Savdo choʻqqisi 2003-yil yozining oxiriga toʻgʻri keldi va 28-avgustdan keyin pasaya boshladi. Bugungi kunda Rossiya internet-doʻkonlarida oʻquv qurollari sifatida narxlar 150-400 rublni tashkil etadi. Bu qanday tovar?