Ushbu qutqaruv toʻplami yaqinda Rossiyada sotuvga chiqdi, ammo maʼlumotlarga koʻra, u koʻplab xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari rahbarlarini qiziqtirib qolgan. Narxi 2500 dollardan biroz koʻproq boʻlgan bu toʻplam 4 kishilik oilaning ikki hafta davomida omon qolishi uchun zarur boʻlgan barcha narsani: konserva mahsulotlari, hojatxona qogʻozi, ixcham generatorlar, avtonom quvvat manbaiga ega isitgichlar, uxlash qoplari va hatto radiatsiya hamda kimyoviy himoya kostyumlarini oʻz ichiga oladi. Xoʻsh, bu toʻplam nimadan qutqarishi kerak?
Y2K muammosi bilan bogʻliq kompyuter nosozliklari oqibatlaridan.