gotquestions.online

Koʻpchilik amerikalik aktrisa Shirli Templni biladi — u bolaligidanoq mashhur boʻlib, tez orada Amerikaning eng kassabop aktyorlari roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. U ijro etgan Rojdestvo qoʻshiqlari yozilgan 250 ming plastinka uch kunda sotilib ketdi; uni tasvirlovchi qoʻgʻirchoqlar talash boʻldi — faqatgina Nyu-Yorkning oʻzida bir firma besh million dona sotdi, bu rekord hatto Barbining tushiga ham kirmagan boʻlsa kerak; qizaloq bir kunda muxlislaridan besh mingta xat olardi. Shirlining onasi ham oʻzi yozgan kitobi tufayli mashhur boʻldi. Kitob qanday nomlangan edi?

Manba