Maʼlumki, marvarid taqinchoqlarning oʻrtacha umri 250-300 yil. Keyin ular yaltiroqligini yoʻqotadi, burishadi va nihoyat changga aylanadi. Biroq, Italiya muzeylaridan birida 2000 yildan ortiq yoshga ega marvarid ziraklar saqlanadi. Bu qanday qilib imkonli boʻlgan?
Ular yaqinda Pompeydan qazib olingan, havo kirmaydigan joyda marvarid juda uzoq vaqt saqlanishi mumkin.