gotquestions.online

Qadimgi Misrda bu firʼavnni boshqalardan ajratib turgan. Keyinchalik buni boshqa misrliklar ham kiyishni boshlagan, ammo firʼavn huzurida emas. Afinada esa buni kiyish 25 yoshgacha boʻlgan yigitlarga va qullarga taqiqlangan edi. Hozirda bu keng isteʼmol predmeti boʻlib, sportda ham qoʻllaniladi, hatto efiopiyalik yuguruvchi Hayle Gebreselassie ilk bor Olimpiada oʻyinlarida qatnashayotganda undan foydalanishdan bosh tortganida butun ommani hayratda qoldirgan, ammo bu Haylening marraga birinchi boʻlib yetib kelishiga toʻsqinlik qilmagan va u diskvalifikatsiya qilinmagan. Olimpiada oʻyinlaridagi ushbu majburiy boʻlmagan anjom nima?

Manba