Rossiya armiyasida yangi chaqiriluvchilarda BU narsa borligi boʻyicha hech qanday cheklov yoʻq. Amerikaliklarda esa unday emas. Masalan, BU narsasi bor chaqiriluvchilar Harbiy havo kuchlariga olinmaydi, lekin xizmat davomida BU narsaning paydo boʻlishi istisno qilinmaydi. Sohili qoʻriqlash xizmatida BU narsaning mavjudligi, agar uning maʼlum bir xarakteristikasi 25 foizdan oshmasa, mumkin. Harbiy dengiz flotida esa BU narsa faqat professional tomonidan qilingan boʻlsagina tan olinadi. BU nima ekanligini ayting.