Ushbu shoirning ijodiy merosi bor-yoʻgʻi 25 ta sheʼrdan iborat. Asarlari kam boʻlishiga qaramay, ular koʻplab mamlakatlarda sevib oʻqiladi. Hatto Nobel qoʻmitasi ham ularni munosib baholagan. Toʻgʻri, oʻsha vaqtga kelib shoir koʻplab qiyinchilik va mashaqqatlarni boshidan oʻtkazib, vafot etgan edi. Ehtimol, uning ogʻir taqdiri tufayli saqlanib qolgan sheʼrlarining deyarli uchdan biri Injil mavzulariga tegishli. Shoirning ismi va familiyasini ayting.