BU narsa uchun masʼul xalqaro tashkilot tomonidan oʻtkazilgan tahlil shuni koʻrsatdiki, sayyoramizda muntazam va faol ravishda BU bilan taxminan 240 million kishi, yaʼni yer yuzi aholisining har 25-si shugʻullanadi. Ushbu tadqiqotga koʻra, dunyoda BU narsaning qoidalar boʻyicha amalga oshirilishini nazorat qiluvchi 5 millionga yaqin kishi, shuningdek, BU bilan shugʻullanuvchi 20 millionga yaqin ayol bor, ularning 80 foizi yoshlardir. Bu koʻrsatkichlar xalqaro tashkilotning soʻroviga unga aʼzo mamlakatlarning taxminan 80 foizi javob bergan holatdagi maʼlumotlardir. Omma tomonidan juda sevilgan BU mashgʻulotni ayting.