Stokgolmda doimiy yashovchi eritreyalik Texeste Kaxzay jigar xastaligidan aziyat chekib, uzoq vaqt dori ichib yurgan. Afsuski, u ushbu preparatning nojoʻya taʼsiri haqida hech narsa bilmagan. Ishlab chiqaruvchi firma unga yetkazilgan zarar uchun 24 ming dollar toʻlagan boʻlsa-da, Texeste tushkunlikda: agar u oʻz qishlogʻiga borsa, uni moxov deb oʻylashadi! Dori qabul qilish natijasida ushbu erkak bilan nima sodir boʻlgan?