Ushbu savolda SHUNDAY va ALFALAR soʻzlari har biri bittadan soʻzning oʻrnini bosmoqda. Oʻrta asrlar Yevropasida uchinchi sentyabr SHUNDAY deb ataladigan baxtsiz kunlardan biri hisoblangan. Masalan, bir safar uchinchi sentyabrda Londonda yahudiylar qirgʻini sodir boʻlgan. Petr Komestor yilda SHUNDAY kunlar nega naqd 24 ta ekanligini tushuntirar ekan, manbada shunchaki barcha SHUNDAY ALFALAR sanab oʻtilmagan degan taxminni ilgari surgan. Oʻzingizga maʼlum boʻlgan har qanday SHUNDAY ALFANI ayting.