[Boshlovchiga: agar jamoalar soni 24 ta boʻlmasa, 24 oʻrniga haqiqiy jamoalar sonini ayting.] Stefan Sveyg yozishicha, Handelning yirik IKSida goʻyo oratoriyalarning qudratli xori eshitiladi, Motsartning nafis IKSi rokoko uslubini eslatadi, Shopenda esa IKS yengil va ayollarga xosdir. Bir daqiqadan soʻng zalda bir necha kishi yigirma toʻrt xil IKSni koʻrsata oladi deb hisoblaymiz. Biz qaysi soʻzni IKS bilan almashtirdik?