Rey Bredberining "Olovli ustun" hikoyasida 24-asrda tirilgan bosh qahramon kutubxonaga kelib, hali 21-asrdanoq oʻlim haqida yozgan barcha mualliflarning kitoblari yoqib yuborilganini bilib qoladi. Edgar Po, Ambroz Birs, Mechen, Derlet — hammasi yoqilgan. Qahramon yana bir familiyani aytganida, kutubxonachi: "Bu seks haqidami?" deb aniqlik kiritadi. Siz ham oʻsha familiyani ayting.