Quyida 1927-yil 24-noyabrda Londonning "Tayms" gazetasida goʻyoki chop etilgan eʼlon matni berilgan: "Birinchi jahon urushi qahramoni, ser Lyudvig Jon vafot etganini chuqur qaygʻu bilan maʼlum qilamiz. Dafn marosimi ertaga, soat 14:00 da markaziy qabristonda boʻlib oʻtadi". Ushbu eʼlondagi bitta mantiqsizlikni toping, u sababli bu eʼlon dunyo yuzini koʻrishi mumkin emas edi.
1927-yilda hali Ikkinchi jahon urushi boʻlishini bilishmagan, shuning uchun Birinchisini shunchaki Jahon urushi deb atashgan.