1915-yil 24-iyul. AQSH, Chikago, "Istlend" sayr paroxodi. Paroxod 1000 kishiga moʻljallangan edi. Shu kuni 2500 ta chipta sotilgan. Kema prichal yaqinida yonboshlab qoldi. Yuzlab odamlar suvda kemaga chiqishga urinib tipirchilardi. Ularning koʻpchiligi hayoti uchun politsiyachilarga shatakchi kemalar oʻtxonasidagi kul va adyollardan foydalanishni maslahat bergan Uilyam Braytdan minnatdor boʻlishi kerak. Xoʻsh, ular qanday ishlatilgan?
Paroxod bortiga kul sepilgan va adyollar toʻshalgan, natijada choʻkayotganlar gʻadir-budur boʻlib qolgan bortga tirmashib chiqa olishgan.