Florida shtatining "Orlando Mejik" klubi markaziy hujumchisi Shakil O'Nil atigi 23 yoshda, biroq u allaqachon afsonaviy oʻyinchi maqomiga erishgan. "Newsweek" haftaligining yozishicha, "Shakil oʻzining hamshahri kabi mashhur. Har yili Floridaga ikki milliy qahramonni koʻrish uchun millionlab turistlar keladi". Toʻgʻri, shuni qoʻshimcha qilish kerakki, birinchidan, hamshahri O'Nildan ancha yoshi katta, ikkinchidan, uni shaharning 80 foiz egasi deb hisoblash mumkin. U kim?
Mikki Maus. Orlando shahrining 80 foizini "Disney World" egallaydi.