BUNI oʻrganish uchun muhim ixtironi 1899-yil 23-dekabrda daniyalik naturalist Gans Xristian Mortenzen amalga oshirgan boʻlib, u qushlarni halqalashni oʻylab topgan. BUNI oʻrgatuvchilar (dressirovshiklar) yaxshi tushunishadi, BUNING misolida inson haqida xulosalar chiqarishga harakat qilingan. Aksariyat savollardan farqli oʻlaroq, biz sizga BU — hayvonlarning xulq-atvori ekanligini maʼlum qilamiz. Endi ayting-chi, BUNI oʻrganadigan fan nima deb ataladi?