zakovatklubi.uz

23/1.Fonogrofni yaratgan Edisondan reportyor soʻrabdi: - Aytingchi ser, dunyoda birinchi gapiradigan mashinani yaratdingizmi? - Edison - yoʻq , gapiradigan mashina bundan aaaaancha avval yaratilgan. Savol:Edison nazarda tutgan ancha oldin yaratilgan mashinani yozib bering. || Mark Tvenni Yangi yil kuni mehmonga taklif qilishadi. Oilaning ajoyib odati bor edi. Oʻsha kuni tayyorlanuvchi chuchvaralardan birining ichidan tugma yoki tanga chiqar, uni topgan odamga baxt va omad kuladi deyishardi. “Janob Tven, taomni kim bilandir yeyish maroqli, agar xohlasangiz kimnidir taklif qilishingiz mumkin. Xoʻsh, kimni taklif qilasiz?” deydi mezbon. Tven yuqoridagi odatni esdan chiqarmagan holda javob beradi. Savol:Mark Tven taklif qilmoqchi boʻlgan nemis kimligini toping. || Yosh tajribasiz rejissyorlardan biri Shouni spektakl premerasiga taklif qiladi. Spektakldan soʻng Shoudan rejissyor soʻrabdi: - Mister Shou komediya, drama va tragediya oʻrtasidagi farq nimada? Shou javob beribdi:- Fakt shuki siz komediya, drama va tragediyani farqini bilmaysiz. Masalan men uchun-komediya, tomoshabinlar uchun-drama. IKS uchun esa tragediya. Savol:Iksni yozib bering.

Manba